Teran ish - hozirgi kunda eng zarur malaka, qadr-qiymati yuqori. Chalg'ishlardan uzoqroq bo'lib, bir ish ustida ishlay olish.
Sayoz ish - hamma qiloladigan, kam harakat talab qiladigan lekin chalgishlar tufayli ko'p energiya oladigan ish, qiymati ham past.
Teran ish qilish uchun muhim:
Iqtisodiyotda o’sish uchun 2 asosiy qobiliyat kerak:
1. Murakkab ishlarni tez o’zlashtira olish.
2. Ishni tez va mukammal bajarish.
Texnologiyalar jadal rivojlanayotganini e'tiborga olsak, murakkab ishlarni tez o'zlashtirish qobiliyati juda muhim ahamiyatga ega. Nafaqat texnologiyalar, balki boshqa sohalarda ham bu ikki qobiliyatlar orqali anchagina o’sishga erishish mumkin.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun teran ish, maqsadli mashq qilish, muntazam o'z ustida ishlash talab qilinadi
O’z sohangizda rivojlanish uchun diqqat bilan butun etiborni o'zlashtirmoqchi bo'lgan maqsadli ishga qaratish, muntazam mashq qilish hamda diqqatni to'g'ri yo'naltirayotganingizni bilish uchun boshqalarning fikrlarini so'rab turish kerak.
Mahsuldorlik tizimli ravishda qilingan ish.
Murakkab intellektual ishlarda uzun, uzluksiz qisimlarga taqsimlab ishlarimizni tizimlash orqali mahsuldorlikni oshirish mumkin. Vaqni to'g'ri taqsimlab olish ham juda muhim.